Shunday boʻladiki, oʻtmishda mashhur boʻlgan sportchilar oddiy hayotda oʻz oʻrinlarini topa olmay, ichkilikka berilib ketishadi. Ammo bu, qoidaga koʻra, faoliyatini yakunlagandan keyin sodir boʻladi. Savol muallifi eshitgan sport sharhlovchisining bir gapi esa xuddi amaldagi sportchi ikkita ichkilikxonaning oʻrtasida qolib ketgandek tushunilishi mumkin edi. Xoʻsh, qaysi sport turi sharhlanayotgan edi?