Rossiya firmalaridan biri oʻz mahsulotini oddiy shior bilan reklama qiladi: "Siz hashamat ichida choʻmilasiz". Oxirgi "Epika" butunjahon reklama festivalida esa xuddi shunday mahsulotni reklama qiluvchi fransuz firmasi roligi namoyish etildi. Rolikdan ma'lum boʻlishicha, u mashhur siyosiy arbobni qutqarib qolgan, chunki qotilning diqqati qurbondan aynan shu mahsulotga chalgʻigan. Qutqarilgan shaxsning ismini ayting.