Bir kuni men va jamoadoshim kafega kirdik. Ikkalamiz ham buyurtma berdik va buyurtma raqamlari yozilgan dumaloq birkalarni oldik. Stol ustidagi birkalarga qarab, mening raqamim kattaroq ekanini aytdim. Lekin sherigim maʼlum bir harakatni amalga oshirib, uning raqami kattaroq ekanini aytdi. Shunda men sherigim qilgan harakatning yarmini qildim va baribir mening raqamim kattaroq ekanini aytdim. Bizda qanday raqamlar bor edi?