Vino haqidagi gruzin rivoyatini tinglang. Vinoni birinchi boʻlib bulbul tatib koʻribdi va: "Inson vino ichsa, bulbuldek sayraydi", debdi. Ikkinchi boʻlib xoʻroz: "Vino ichgan kishi urushqoq boʻladi", debdi. Ayting-chi, choʻchqaning fikricha, koʻp vino ichgan odam nima qiladi?