Jitomir shahri talabalari quyidagi qiziqarli voqeani aytib berishadi. Ivan Franko nomidagi Jitomir davlat universiteti uning nomi bilan ataluvchi pedagogika instituti boʻlgan vaqtda, bosh bino kirish qismida turgan taniqli adib haykali oʻgʻirlab ketilgan. Oʻshandan beri koʻp suvlar oqib oʻtdi, talabalarning bir necha avlodi almashdi, institut universitetga aylandi, ammo haykal baribir tiklanmadi. Talabalar bu holatni ikki soʻzdan iborat soʻz oʻyini (kalambur) bilan izohlashni yaxshi koʻradilar; bu ibora bir tomondan talabalarning haykalni qayta koʻrish istagini bildirsa, ikkinchi tomondan gap qaysi oliygoh haqida ketayotganini aytadi. Ushbu iborani qayta tiklang.