[Boshlovchiga: jamoalarning eʼtiborini savol matnidagi qoʻshtirnoqlarga qaratmang!] Baʼzilar madaniy xususiyatlar tufayli "IKS"ni "tirik murda" kabi bir narsa deb hisoblashadi. Boshqalar esa hozirda IKS deganda, birinchi navbatda, bolaligida Yevropaga ketgan va Oksfordni tamomlagan odam tushunilishini taʼkidlashadi. Biz bir xil harf bilan boshlanadigan qaysi ikki soʻzni IKS bilan almashtirdik?