Yarim asr oldingi Madridning "Real" klubi hujumchisi Pepilyo ispan futbolining birinchi raqamli simulyanti hisoblanardi. Bir safar madridlikning qiliqlaridan gʻazablangan raqiblari maysada tipirchilayotgan "aktyor"ni oʻrab olib: "Sening nayranglaring, yigitcha, kino uchun yaxshi. Qachongacha masxarabozlik qilasan? Nahotki bizni ahmoq deb oʻylasang?" deb baqirishdi. Shunda Pepilyo pichirlab: "Hammaingizni emas, balki..." dedi. Aynan kimni?