Moskvadagi Sherlok Xolms va doktor Vatson haykali muallifi, haykaltarosh Andrey Orlov oʻz ijodi haqida shunday deydi: "Monument juda jonli, mehribon va samimiy chiqdi. Vatson oʻtirgan oʻrindiqda joy yetarli. Oʻtirib niyat qilish mumkin, ishonch hosil qilish uchun esa Sherlok Xolmsning trubkasini ishqalash kerak. Shunda barcha muammolar hal boʻladi...". Haykaltaroshning jumlasini bir soʻz bilan yakunlang.