Bir safar Gollandiyaning "Ayaks" va Gretsiyaning "AEK" jamoalari oʻrtasidagi UEFA kubogi oʻyini oldidan stadion maʼmuriyati "Adidas" firmasining reklama roligi qoʻshigʻini qoʻyib yubordi. Negadir ham gollandiyalik, ham gretsiyalik muxlislar oʻrinlaridan turib, rolikni chuqur hurmat bilan jim tinglashdi. Ularning bu qoʻshiqqa boʻlgan bunday hurmatini nima bilan tushuntirish mumkin?
Har bir tomon raqibning madhiyasi ijro etilyapti deb oʻylagan.