Ikkinchi jahon urushi paytida nemislar Gollandiya hududida dushmanni chalgʻitish maqsadida oʻta maxfiy tarzda aerodrom maketini qurishgan. Samolyotlar, angarlar, avtomobillar, havo hujumidan mudofaa vositalari — hammasi yogʻochdan yasalgan. Ammo kunlarning birida ingliz bombardimonchi samolyoti uchib kelib, soxta aerodromga bittagina bomba tashlagan. Shundan soʻng aerodrom qurilishi toʻxtatilgan. Quruvchilarni nima hayron qoldirgan?