Yapon eʼtiqodlariga koʻra, daryo va koʻllarda kappa deb ataladigan mavjudotlar yashaydi. Bu mavjudotlar yovuz boʻlib, odamlarga har tomonlama zarar yetkazadi: ularning changaliga tushgan odamni yo tiriklayin nimtalashadi, yo choʻktirishadi. Biroq quruqlikda kappa faqat bir necha daqiqa yashay oladi va ularning butun kuchi boshlaridagi ovalsimon chuqurchada chayqalib turgan suvda. Oʻzingizni yaponiyalikdek his qiling va kappa bilan uchrashganda xavfdan qutulish uchun nima qilish kerakligini ayting.