Avstriyaning Zelden togʻ kurortida har bir mavsum ulkan bayram va Karfagen sarkardasining Alp togʻlari orqali oʻtgan epik yurishi haqida hikoya qiluvchi mashhur "Gannibal" shousi bilan yakunlanadi. Bayramda odatda lazer qurilmalari, vertolyotlar, mototsikllar, qor avtomobillari, yuzlab changʻichilar, parashyutchilar va ULAR rolida zanjirli maxsus qor zichlagich mashinalar ishtirok etadi. Ular kimlar?