Torlar nazariyasi — zamonaviy fizikaning butun borliq manzarasini tushuntirishga intiladigan sohasidir. Afsuski, torlar nazariyasining bashoratlari fanning hozirgi rivojlanish bosqichida tekshirilishi mumkin emas va yaqin kelajakda ham buning imkoni boʻlishi dargumon. Shuning uchun ushbu sohada ishlaydigan ba’zi fiziklar har qanday ichki ziddiyatga ega boʻlmagan ilmiy nazariyani toʻgʻri deb hisoblashga chaqirmoqdalar. Ular oʻz raqiblarini mashhur italiyalikning mojaroli familiyasi va mashhur avstriyalikning familiyasidan yasalgan soʻz bilan kamsitib atashadi. Bu qaysi soʻz?