Rim sarkardasi Gay Yuliy Sezar oʻz askarlariga qalqon va qurollarini qimmatbaho toshlar bilan bezashni buyurdi. "Nima uchun?" — deb hayron boʻlishdi qoʻl ostidagilar. Sarkarda bunga nima deb javob bergan?
"Askarlar chekinayotganda ularni tashlab ketishga koʻzlari qiymasin deb", — tushuntirdi Sezar.