Bir kuni Aristotelning huzuriga notiqlik san'atini o'rganishni istagan juda sergap yigit keladi. Aristotel undan boshqalarga qaraganda ikki baravar ko'p haq olishini aytadi. Nima uchun?
Aristotel shunday degan: "Senga gapirishni o'rgatishdan oldin, jim turishni o'rgatishimga to'g'ri keladi".