Dunyodagi eng koʻp ichadigan davlat qaysi ekanini bilmayman, lekin bu Rossiya boʻlsa ajablanmayman, nazarimda u bilan faqat Turkmaniston raqobatlasha oladi. Rossiyaning eng koʻp ichadigan viloyati qaysiligini bilmayman, lekin bu Vologda viloyati boʻlsa ajablanmayman, u bilan faqat Turkmanistonning Toshovuz viloyati (velayati) tenglasha oladi. Vologda viloyatining eng koʻp ichadigan tumani qaysiligini bilmayman, lekin bu Xarovsk tumani boʻlsa ajablanmayman. Gap shundaki, bu tumanda, xuddi Toshovuz viloyatidagi kabi maʼlum bir nisbatga amal qilinadi. Yer yuzida jami sakkizta shunday joy bor, ulardan ikkitasini aytdim, qolgan oltitasi Jahon okeani yuzasida joylashgan. Ushbu nisbatni imkon qadar aniq yozing.