Ushbu fan shugʻullanadigan muammolarning murakkabligini koʻrsatish uchun Andrey Ivansov shunday misol keltiradi: "Agar siz hech qachon hasharot koʻrmagan boʻlsangiz, yaxshilab ezib tashlangan suvarakning tashqi koʻrinishini tiklashga harakat qilib koʻring". Lester universiteti olimlari guruhi esa bunday muammolarni hal qilishni oʻrganish uchun baliqni bir necha oy davomida vakuumli idishlarda saqlashadi. Bu qaysi fan?