Antarktidadagi "Amundsen — Skott" stansiyasi yaqinida olimlar tomonidan ustun oʻrnatilgan boʻlib, unga ekspeditsiya ishtirokchilari Yerning turli geografik nuqtalarigacha boʻlgan masofa va yoʻnalishlar yozilgan koʻrsatkichlarni qoqib qoʻyishadi. Vashington, Nyu-York, London, Moskva va hokazolarga yoʻnalish koʻrsatilgan taxtachalar bor. Ularning barchasi oʻziga xos uslubda tayyorlangan. Shimoliy qutbga yoʻnalish koʻrsatkichi nima shaklida ekanligini niderland tilidan kirib kelgan soʻz bilan ayting.