AQSH prezidenti J. Bush-kichikning "bushizmlar" deb atalgan bemaʼni gaplari koʻpchilikka maʼlum. Masalan, u bir safar: "Men Saddam Husayn qoʻlini kesib tashlagan jasur iroqlik fuqaroning qoʻlini siqish sharafiga muyassar boʻldim", degan edi. Boshqa safar esa: "Juda koʻp ginekologlar butun mamlakat boʻylab ayollar bilan oʻzlarining sevimli ishlari bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega emaslar", deb aytgan. Bir safar esa oʻziga iltifot tariqasida Meksikaning USHBU davlat bilan chegarasida hammasi joyida ekanligini taʼkidlagan. Uning gapida "USHBU" soʻzi bilan qaysi davlatni almashtirdik?