E. Luninning koʻzgudagi akslar boʻlib ishlaydigan odamlar haqidagi "Koʻzgu orti mehnatkashlari" qissasidan dialog: — Bir voqea boʻlgan edi. Bittasi tarbiya berishga kirishdi, deng, hali kimga deng! (Mashhur insonning ismi va familiyasi tushirib qoldirilgan) Ustiga-ustak u mast holatda edi... — Xoʻsh, keyin-chi? — Haligi odam unga tikilib-tikilib turdi-da, keyin hassasini olib, basharasiga tushirdi! Koʻzgu, tabiiyki, chil-chil boʻldi... Shunday ish joyidan ayrildi!.. Oʻshandan beri uni (ikki soʻz tushirib qoldirilgan) deb ataydigan boʻlishdi. Tushirib qoldirilgan soʻzlarni tiklang.