Sovet Ittifoqida “pijonlar”ga qarshi kurashilgan davr hammaga maʼlum. Ularga nimalar qilishmadi — militsiyaga olib ketishdi, majburan “boks” uslubida sochlarini olishdi, lekin hech narsa qila olishmadi. Qizigʻi shundaki, bu yil Parij meriyasi ham “pijonlar”ga qarshi kurashishga qaror qildi. Qarorda aytilishicha, ularni oʻldirish shart emas, shunchaki ovqatlantirmaslik kerak. Bu “pijonlar” kimlar?