Yaqinda Britaniyaning delfinlar va kitlarni himoya qilish jamiyati okean va dengizlarning ifloslanish turlaridan biriga qarshi kurash kampaniyasini boshlashga qaror qildi. Ushbu ifloslanishning asosiy manbalari — neft va gaz qazib olish, dengiz transporti, shuningdek, harbiy radarlardir. Ular hayvonlarning bir-biri bilan muloqot qilishiga, onalarning oʻz bolalari qayerdaligini kuzatishiga, kattalarning esa mayda baliqlarni ovlashiga xalaqit beradi. Koʻpincha kitlar va delfinlar qirgʻoqqa chiqib qoladi va halok boʻladi. Gap qanday ifloslanish haqida bormoqda?