Ushbu savolda uchraydigan ALFA so‘zi boshqa ikki so‘zning o‘rnini bosadi. Shotlandiyadagi Ben-Nevis tog‘ining cho‘qqisi ko‘pincha tuman bilan qoplangan bo‘ladi. Bill Braysonning yozishicha, ALFA yaratish g‘oyasi ish yuzasidan doimiy ravishda Ben-Nevisga ko‘tarilishdan charchagan olimning xayoliga kelgan. Ushbu olimning familiyasini yozing.