Juzeppe Prisko ko'p yillar davomida Milanning «Inter» klubi vitse-prezidenti bo'lgan va o'z klubi doim halol o'ynashini ta'kidlagan. Bir safar Prisko «Yuventus» vakili bilan qo'l berib ko'rishgandan keyin SHUNDAY QILISHINI aytgan. Yozef Blatter yaqinda bergan intervyusida qancha do'sti qolgani haqidagi savolga, barchasini eslash uchun SHUNDAY QILISHGA ko'p vaqt ketmasligini tushuntirdi. Bir xil harf bilan boshlanadigan qaysi ikki so'zni biz SHUNDAY QILISH iborasi bilan almashtirdik?