Belka va Strelkaning koinotga muvaffaqiyatli parvozidan soʻng, maxsus xorijiy jurnalistlar uchun ular ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Aytishlaricha, kuchukchalarni koʻtarib kelgan ilmiy guruh xodimasi mashinadan tushayotganda poshnaboz boʻlib, trotuarga yiqilib tushadi. Birinchi boʻlib unga olijanob fransuz jurnalistlari yordamga kelishadi. Ular xonimning oʻrnidan turishiga yordam berishadi, kuchukchalarni esa tabriklashadi. Nima bilan?