Koʻpchilik BU YERGA tushishni xohlaydi, lekin u yerda uzoq vaqt qolish har kimga ham nasib etavermaydi. U yerdagi muhit mayda-chuydasigacha hisoblab chiqilgan. Maxsus optik xususiyatlarga ega shishadan foydalaniladi. Chiroqlar yoqilganda maxsus nuqtali yoritishni beradi. Umuman olganda, bu haybatli tomosha sifatida rejalashtirilgan. BUNING yaratilishi bilan bogʻliq boʻlgan shaxsning familiyasi sizga yaxshi maʼlum boʻlsa kerak, ayniqsa yoshi kattalarga. Uning shaxsiy buyrugʻiga binoan u yerda "may tongining tarovati" hukm surishi kerak edi. Biz uning familiyasini soʻramaymiz, BU YERGA eng yaqin boʻlgan bogʻni ayting.