Elektronikada qoʻllaniladigan oʻta toza kristallardan biri — kadmiy-simob-tellur qotishmasidir. Uni olish oson emas: zichlikdagi katta farq tufayli erigan komponentlar oʻzini taxminan pivo va koʻpik kabi tutadi. Ilgari eritmani kristallashda chegara qatlamining eng yupqa plastinkasini kesib olishga toʻgʻri kelardi — qolgan hamma narsa chiqindiga ketardi. Kristallarning bir grammi oʻn ming dollargacha turishi ajablanarli emas! Ammo yigirma yilcha avval boshqa, arzonroq usul joriy etildi. Xoʻsh, ushbu usulda kristallarni ishlab chiqarishni kim bevosita nazorat qilishi kerak?