Xrushchevning sevimli qadahi — katta va salobatlisini — unga AQSH elchisining rafiqasi Jeyn Tomson sovgʻa qilgan edi. Bu qadah maxsus rasmiy qabullar uchun moʻljallangan, chunki u oddiy emas, balki sirli edi. Bu sir nimada edi?
Qadahning deyarli hammasi shisha bilan toʻldirilgan, suyuqlik uchun esa tepasida bir necha millimetr joy qolgan. Ham qadaxing toʻla koʻrinadi, ham kam ichayotganing bilinmaydi.