"Sovetskiy sport" gazetasidan iqtibos: "Neva boʻylaridan kelgan bu hujumchilar juftligi terma jamoada oʻzaro tushunish borasida tengsizdir. BIRINCHI polvonlardek boʻlmasa-da, ancha baquvvat gavdaga, kuchli zarbaga ega, har qanday holatdan zarba berishni yaxshi koʻradi va uddalaydi. IKKINCHI — past boʻyli, koʻrinishidan nimjon, ajoyib dribling va yuqori tezlikka ega, u oʻzini qoʻriqlayotganlarni laqillatishdan zavq oladi". BIRINCHIning muxlislar orasidagi va oʻyin laqabi uning familiyasidan, IKKINCHIning laqabi esa uning ismidan kelib chiqqan. Shu IKKINCHIning familiyasini ayting.