Qadimgi Gretsiyada faylasuflar deyarli hamma narsaga lo'nda ta'rif berishga intilishgan. Shunday qilib, Platon insonga: "Ikki oyoqli, patsiz mavjudot" deb ta'rif bergan. Shogirdlarning olqishlari tinmasdan, Diogen Platonga raddiya keltirdi. Platon uni diqqat bilan ko'zdan kechirib, uzoq va qiyin o'ylanishlardan so'ng ta'rifga: "... va yassi tirnoqli" degan iborani qo'shib qo'ydi. Diogen Platonga qanday raddiya keltirgan edi?