[Boshlovchiga: matn bilan parallel ravishda qoʻllar bilan ishlash kerak.] Hozir men sizning koʻz oʻngingizda nimadir sindiraman (choʻntagidan disketa chiqaradi)... Savol muallifi mana shunday qilganiga (uni sindiradi)... keyin mana shunday (plyonkani chiqaradi)... va mana shunday (plyonkani yarim oy shaklida ikkiga bukib zalga koʻrsatadi) qilganiga qirq kun boʻldi. Hammaga yaxshi koʻrinyaptimi? Men buni aynan hammaga yaxshi koʻrinishi uchun qildim. Savol muallifi ham buni yaxshi koʻrinishi uchun qilgan edi. Va unga haqiqatan ham juda yaxshi koʻringan. Diqqat, savol: aynan nima koʻringan edi?