Barcha maʼlumotlar ichidan keraklisini toʻgʻri ajratib olish juda muhim. Bunda ham instinkt, ham katta tajriba kerak — yaʼni oʻz ishining ustasi boʻlish lozim. Agar ushbu inson oʻziga berilgan barcha koʻrsatmalardan foydalanishga harakat qilganida, shubhasiz, hech qayerga yetib bora olmasdi, chunki unga koʻrsatilgan obektlar bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan edi. Biroq u asosiysini instinktiv ravishda ajratib oldi, unutmaslik uchun uni takrorlab yurdi va kerakli joyga oʻz vaqtida yetib bordi. Ushbu insonning ismini ayting.