Mana bir mavjudot oʻzi haqida nimalarni hikoya qilishi mumkin edi: "Menga haqiqiy emassan deyishsa, xafa boʻlaman. Men kichkina, zararsizman, suvda yashaydigan (menga qaraganda) ulkan qarindoshimga oʻxshamayman. Baʼzan men bilan qandaydir toʻsiqlar yaratishga harakat qilishadi. Bir safar ob-havo pand berib, muhim tadbirga oʻz vaqtida yetib bora olmadim. Meni oʻsimliklar bilan solishtirishlari notoʻgʻri deb oʻylayman — men baribir ikki pallali koʻp yillik oʻsimlik emasman va umuman oʻsimlik emasman. Xudoga shukurki, koʻpchilik, mening fikrimcha, juda toʻgʻri taʼkidlaganidek, men kamdan-kam uchraydigan aqlli mavjudotman". Hurmatli bilimdonlar! Bolalikka qaytishga harakat qiling va tanasida nuqsoni boʻlgan hamda bosh kiyim kiygan shunday mavjudot haqidagi hikoyani oʻylab topgan insonning ismi va familiyasini ayting.