Viktor Papanek tasvirlagan psixologik tajribada ishtirokchi qoʻlbola vositalar bilan polga tik oʻrnatilgan tor quvur ichidan ping-pong toʻpini chiqarib olishi kerak edi. Xonada koʻplab asboblar bor edi, lekin ularning hech biri mos kelmasdi – toʻpni ilib ham, kokteyl naychasi bilan soʻrib ham, magnitlab ham, saqich bilan yopishtirib ham boʻlmasdi. Talabalarning taxminan yarmi baribir vazifani bajara oldi – va ularning barchasi ULAR edi. Kimlar?