"U (ayol jinsi) tinib-tinchimas, doimo turli qiziq vaziyatlarga tushib qoladi. Xarakteri jihatidan oʻta mustaqil, oʻjar va qatʼiyatli. U (erkak jinsi) — oqkoʻngil, deyarli gapirmaydi, lekin hissiyotga boy, tinchlikni yaxshi koʻradi, ammo UNING (ayol jinsi) tufayli doim tinchligidan ayriladi, chunki U UNI asabiy holatga tushira oladi. Lekin USIZ UNGA zerikarli" — siz bir saytda keltirilgan zamonaviy serialning qisqartirilgan annotatsiyasini tingladingiz. U va UNI ayting.