Roʻyxatni yozib oling. Unda birinchi boʻlib Ruben Simonov nomidagi Moskva drama teatri aktrisasi turadi. Ismi Lyubov. Ikkinchisi taniqli litvalik yozuvchi dramasining qahramoni, Mark ismli professor. Uchinchisini esa, birinchi ikkitasidan farqli oʻlaroq, kinoekranlarda koʻp koʻrgansiz. Ehtimol, eng mashhur aktyor unvoni uchun tanlovda u koʻpchilikni yenggan boʻlardi — bu Georgiy Vitsin. Birinchi ikkitasining familiyasi qanday ekanligini topishga harakat qiling.