Oʻtgan yili bir ingliz jurnali oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazdi. Unda oʻsmirlar tushunishi qiyin boʻlib qolgan bir ibora oʻrniga yangisini qidirishdi. Koʻpchilik ovoz bilan yangi tasviriy ramz sifatida fayl yuklanayotganda kompyuter ekranida paydo boʻladigan aylana koʻrsatkich tanlandi. Qaysi ibora uchun oʻrinbosar qidirilgan edi?