Musiqa akademiyasi artistlari bir safar Napoleon tomonidan Rambuyeda tashkil etilgan bayramda balet ijro etishdi. Napoleon artistlardan mamnun boʻldi va vazir Shampanyidan ularni mukofotlashni soʻradi. Tejamkor Shampanyi sovgʻalar xarajatlarini qisqartirishga qaror qildi va raqqosalarga bizning musobaqalarimizda ham koʻpincha sovrin vazifasini oʻtaydigan narsani berdi. Keyinchalik bundan xabar topgan Napoleon Shampanyidan keyingi safar mukofotlarni livrlarda emas, franklarda berishni soʻradi. Raqqosalar mukofot sifatida nima olishgan edi?