[Chigal yozdi] Mashhur "Gorodok" koʻrsatuvining sonlaridan birida quyidagi sahna koʻrinishi oʻynaladi. Moskvadan qaytgan Furmanov Chapayevdan u yoʻqligida qizil askarlar buyurilganidek Engelsni toʻliq oʻrganishganmi yoki yoʻqligini soʻraydi. — Albatta, — javob beradi Chapayev, — juda qiziqarli kitob ekan, ayniqsa rasmlari. — Engelsda qanaqa rasm boʻlishi mumkin? — hayron boʻladi Furmanov va Chapayev uzatgan kitobni hayrat bilan koʻzdan kechiradi. — Bu kutubxonachi, oq gumashta, — deb baqiradi Furmanov, — ataylab kitobni almashtirib qoʻyibdi. — Qoʻrqma, komissar, — deydi Chapayev, — butun diviziya bilan [boʻsh joy]ga ketyapmiz. U yerda oqlar bilan qizillar uchun urushamiz! Chapayevchilar qayerga borishga qaror qilishgan?