Gilbert Chesterton bir kuni tabiat qoʻynida boʻr bilan rasm chizishga otlandi. Tepaliklardan biriga chiqib, u qogʻoz va boʻrlarini oldi. Shunda maʼlum boʻldiki, toʻplamda oq boʻr yetishmas edi, uning mavjudligi esa juda muhim edi, chunki oq rang rangsizlik emas, balki ranglardan biri ekanligini taʼkidlash uchun Chesterton ataylab kulrang oʻrash qogʻozini olgan edi. Yozuvchi bir muddat Chichesherdagi badiiy doʻkondan yaqinroq joyda boʻr topa olmasligidan xafa boʻldi, lekin keyin uning xayoliga shunday oddiy yechim keldiki, u oʻzini tutolmay kulib yubordi. U nima qildi?
Oʻzi oʻtirgan boʻrli tepalikning chetidan bir boʻlak sindirib oldi.