Yaqinda savol muallifi yangi chuchvara markasini koʻrib qoldi. Paketda pravoslav ibodatxonasining gumbazlari tasvirlangan va mahsulot cherkov duosi bilan ishlab chiqarilishi yozilgan edi. Chuchvaraning nomi ham shunga mos sifat bilan tanlangan: bu yo gumbazlarning ulugʻvor goʻzalligiga, yo tayyorlanish sifatining aʼloligiga ishora. Chuchvaralar qanday nomlangan edi?