Eduard Uspenskiyning "Tergovni Koloboklar olib boradi" qissa-ertagidagi qahramonlardan biri Tretyakovka galereyasida boʻlganida u yerdagi rasmlardan birini shunday tasvirlagan — iqtibos: "USHBU rasmda katta odamning, ehtimol internat direktorining, oʻz qoʻl ostidagi xodimi, ehtimol kichik sinf oʻqituvchisi bilan suhbati tasvirlangan. Ularning suhbati qizil burchakda boʻlib oʻtgan. Bu direktor esa artist Nikolay Simonovga juda oʻxshaydi". [Iqtibos tugadi.] Hurmatli oʻyinchilar, USHBU rasm muallifini ayting.