Shveytsariya Alp togʻlaridagi qishloqlardan birida, togʻlarga olib chiquvchi dor yoʻli bekati yonida uch tilda — fransuz, ingliz va nemis tillarida yozuv oʻrnatilgan boʻlib, u maʼlum darajada uch xalqning milliy xarakterini aks ettiradi. Fransuzcha yozuvda: "Togʻlarni sevuvchilar, ularning gullarini oʻzlariga qoldiring!", inglizcha yozuvda: "Iltimos, gullarni uzmang!" deyilgan. Nemis tilida yozilgan gapni esa bemalol oʻzbekchada ham yozish mumkin edi. Aynan nima deb yozilgan?