So'nggi ilmiy yutuqlardan biri kompyuter bilan birlashtirilgan "aqlli" to'pponcha bo'ldi. Bu to'pponcha faqat o'z egasining barmoq izini tanigandagina otadi. Biroq, bu qurol birinchi navbatda mo'ljallangan politsiyachilarga yangi to'pponcha yoqmadi. Ularning noroziligi sababini umuman olganda bir so'z bilan ifodalash mumkin. Bu so'z so'nggi yillardagi eng mashhur filmlardan birining nomiga kirishini hisobga olib, uni yozing.