Diqqat, savolda almashtirishlar bor. Jek London asari qahramoni oʻzining avtomatik pistoletini shunday tasvirlaydi: "Mana bu yerga, saqlagichga qarang. Bu tizimda menga eng yoqadigan narsa shu. Toʻliq xavfsizlik! Baxtsiz hodisa ehtimoli mutlaqo istisno qilingan!". Bunga javoban qahramonning suhbatdoshlaridan biri baʼzida CHANGʻILAR YURMAYDI deb taʼkidlaydi. Vikipediyaning biatlon haqidagi maqolasida "CHANGʻILAR YURMAYDI" birikmasi uchramaydi, lekin "CHANGʻILAR" va "YURMAYDI" soʻzlari alohida-alohida bir necha bor uchraydi. Biz qaysi soʻzni "CHANGʻILAR"ga va qaysi soʻzni "YURMAYDI"ga almashtirdik?