AQSHning har bir yangi saylangan prezidenti inauguratsiya marosimiga kelgusida aynan uning nomi bilan bog‘lanib qoladigan biror detal kiritishga intiladi, go‘yo boshqa hech narsa bilan vatandoshlari xotirasida qolmaslikdan qo‘rqqandek. Ushbu qatordan bir nechta misollarni tinglang. Jeyms Byukenen inauguratsiyasi fotograflar tomonidan muhrlangan birinchi prezident edi, Uilyam Mak-Kinli esa inauguratsiyasi kinolentaga muhrlangan birinchi prezident bo‘ldi. Birinchi radiotranslyatsiya Kelvin Kulidjning inauguratsiya marosimidan, birinchi televideniye translyatsiyasi esa Garri Trumenning inauguratsiya marosimidan amalga oshirildi. Bill Klintonning inauguratsiyasi bu borada tarixga nima bilan kirdi?
Ilk bor inauguratsiya marosimi Internetda jonli efirda uzatildi.