Nemis tarixchisi Teodor Mommzen juda parishonxotir edi. Bir kuni poyezdda bu olim koʻzoynagini qidirib hamma choʻntaklarini titkiladi. Yonida oʻtirgan kichkina qizcha unga koʻzoynakni uzatdi. — Rahmat, qizalogʻim. Isming nima? — deb soʻradi olim. — Anna ..., — deb javob berdi qizcha. Qizchaning familiyasini ayting.