«Oldingi uchta tishi yoʻq qandaydir baqiroq xotin latofatli nimfaga aylanardi. Tilini zoʻrgʻa aylantiradigan telba ahmoq va toʻpori nusxa har daqiqada hayotiy hikmatlar aytadigan oʻtkir zehnli yigitga aylanardi. Jirkanch qalbi nafrat uygʻotadigan firibgar va muttaham esa qoʻlini siqib qoʻyishni xohlaydigan hurmatli shaxsga aylanardi». Mixail Zoshchenko asarlaridan birida tasvirlanganidek, odamlar bilan bunday ajoyib oʻzgarishlar nima tufayli sodir boʻlardi?