"Sirk" filmining kichik qahramoni — qora jingalak sochli, bugʻdoyrang chaqaloqni qidirishda rejissyor Aleksandrovning yordamchilari Amerikaga borishlariga hojat qolmadi. Ular Moskva viloyatiga — Aleksandr Sergeyevich Pushkin ham ijodida, ham hayotida eʼtiborsiz qoldirmagan insonlar huzuriga yoʻl oldilar... Kimlarning oldiga?