Ushbu hayvon uchun dumi ajoyib rul va tana haroratini boshqaruvchi vositadir. Issiq boʻlganda dumdagi koʻplab qon tomirlari kengayib, tana haroratini sovutadigan qonni oʻtkazadi. Qishda esa aksincha. Dumi hayvonga his-tuygʻularini ifodalash (jahli chiqqanda dumi bilan uradi), shuningdek, bolalarini tashish uchun xizmat qiladi. Ammo koʻplab ushbu hayvonlarning halokatiga ham aynan dumi sabab boʻlgan. Bu qaysi hayvon?